Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda advokatlik byurosi advokati aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Ma’lum qilinişiça, u sud idoralari tomonidan mahalliy fuqaroga nisbatan tayinlangan 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini özining sud tizimidagi tanişlari orqali ozodlikni çeklaş jazosiga özgartirib berişni va’da qilgan. Buning evaziga esa 10 ming AQŞ dollari olgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan advokatga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan bölib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
DXX fuqarolarni kundalik hayotda şu kabi qonunbuziliş holatlariga duç kelganda, idoraning 1520 qisqa raqami orqali murojaat qilişga çaqirdi. Qayd etilişiça, murojaat qiluvçining şaxsi sir saqlanişi kafolatlanadi.











