Toşkent va Surxondaryo viloyatlarida 35 kilogramdan ortiq narkotik moddalar kontrabandasiga çek qöyildi, deb xabar bermoqda Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmati.
DXXning Çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari va Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda 23 va 28 yoşli ikki nafar fuqaro davlat çegarasini noqonuniy kesib, qöşni respublikadan mamlakat hududiga ötgan vaqtida qölga olingan.
Ularga tegişli ikkita sport sumkasi içida esa 4,88 kg opiy va 19,86 kg gaşiş moddalari, şuningdek, 380 quti tamaki mahsulotlari aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olindi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 223 (Qonunga xilof ravişda çet elga çiqiş yoki Özbekiston Respublikasiga kiriş), 246 (Kontrabanda) va 273-moddalari (Giyovandlik vositalarini ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllanildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Surxondaryo viloyatida 48, 45 va 22 yoşli uç nafar şaxs davlat çegarasini buzgan holda, avtomobil ğildiragi kamerasi yordamida Amudaryodan suzib ötgan vaqtida qölga olindi.
Tekşiruv jarayonida ularning yonida bölgan xaltalar içida 2,7 kg opiy va 8,25 kg gaşiş moddalari borligi ma’lum böldi.
Aniqlanişiça, narkosavdogarlar giyohvandlik vositalarini kerakli manzilga yetkazib berişlari evaziga uşbu kur’yerlarga har bir kilogramm yuk uçun 200 dollar miqdorida pul va’da qilişgan.
Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 223 (Qonunga xilof ravişda çet elga çiqiş yoki Özbekiston Respublikasiga kiriş) va 246-moddalari (Kontrabanda) bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.












