Jahon | 15:25 / 06.01.2026
7954
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning eng badavlat biznesmenlari 2025 yilda 24 mlrd dollarga boyidi

Bloomberg hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyadagi etnik o‘zbeklardan Alisher Usmonovning boyligi 6 mlrd dollarga, Iskandar Mahmudovning davlati esa 4,75 mlrd dollarga ko‘paygan.

Iskandar Mahmudov va Alisher Usmonov

Rossiyaning eng badavlat odamlari qo‘lida to‘plangan umumiy boylik hajmi 2025 yilda 23 mlrd 818 mln dollarga ko‘paydi. Bu haqda Bloomberg'ning “Milliarderlar indeksi”ga tayanib, TASS xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, temir rudalarning eng yirik ishlab chiqaruvchisi bo‘lmish “Metalloinvest” aksiyadori Alisher Usmonovning boyligi o‘tgan yili 6,04 mlrd dollarga oshib, 19,3 mlrd dollarga yetgan.

Ural kon-metallurgiya kompaniyasi asoschisi Iskandar Mahmudovning mol-mulklari esa 4,75 mlrd dollarga oshib, 7,88 mlrd dollarga yetgan.

Telegram asoschisi Pavel Durov 2025 yilda 3,38 mlrd dollarga boyib, davlatini 14,4 mlrd dollarga yetkazgan.

Wildberries asoschisi Tatyana Kim o‘tgan yili 515 mln dollar topib, boyligini 7,89 mlrd dollarga yetkazgan.

2025 yilda eng ko‘p zarar ko‘rgan rossiyalik biznesmen – Mixail Fridman. U 4,7 mlrd dollar yo‘qotishi natijasida, aktivlarining qiymati 10,1 mlrd dollargacha pasaygan.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid