O‘zbekiston | 11:04 / 06.01.2021
17875
1 daqiqa o‘qiladi

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri ishdan ketgani xabar qilindi, vazirlik buni tasdiqlamadi

Muzaffar Soliyev

Bugun, 6 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Muzaffar Soliyev lavozimidan ozod qilingani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Bunga sabab sifatida uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarga sovuqqonlik bilan yondashgani, mas'uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani ko‘rsatilgan.

Kun.uz vaziyat bo‘yicha izoh olish uchun vazirlik matbuot xizmati rahbari Aliposhsha Ahmedov bilan bog‘landi:

– Vazir [Muzaffar Soliyev] ayni paytda Samarqandda xizmat safarida yuribdi. Bizga hozircha uning lavozimidan ozod qilingani haqida rasmiy buyruq yoki xabar kelib tushmadi. Bunday xabarlar qaysi manbalar orqali tarqalayotganidan ham bexabarmiz, – dedi A. Ahmedov.

Eslatib o‘tamiz, Muzaffar Soliyev uy-joy kommunal xizmatlar vaziri lavozimiga 2017 yil 5 iyulda tayinlangan

Bunga qadar Soliyev mudofaa vazirining shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Mavzuga oid