Toşkent viloyatining ma’muriy markazi bölmiş Nurafşon şahri hokimi Muzaffar Soliyev şahar kengaşining qarori bilan ötgan hafta lavozimidan ozod etilgan. Ayni vaqtda uning örniga vazifasini bajaruvçi qöyilgan. Bu haqdagi ma’lumotni Kun.uz'ga Toşkent viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Behzod Qobulov tasdiqladi.

Kun.uz manbasiga köra, sobiq hokim ayni damda tergovga jalb etilgan bölişi mumkin. Bunga sabab uning uy-joy kommunal xöjalik vaziri lavozimida işlab kelgan davri bilan boğliq ekani aytilmoqda. Boş prokuratura bu haqda ma’lumotga ega emasligini bildirdi.

Muzaffar Soliyev 2017 yil 5 iyuldan 2021 yil yanvarigaça uy-joy kommunal xizmatlar vaziri lavozimida işlagan. U Vazirlar Mahkamasida ötkazilgan tanqidiy yiğilişdan keyin işdan olingan edi.

2021 yil 15 yanvarda esa Nurafşon şahri hokimi lavozimiga tayinlagan.

Soliyev, şuningdek, faoliyati davomida mudofaa vazirining şaxsiy tarkib bilan işlaş böyiça örinbosari lavozimida ham işlagan.