Toşkent şahar sudlari matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, 2017 yildan 2021 yilgaça Uy-joy kommunal xöjaligi vaziri, 2021 yildan 2023 yilgaça Toşkent viloyati Nurafşon şahar hokimi lavozimida işlagan Muzaffar Soliyevga nisbatan sud hukmi öqildi.

Soliyevga nisbatan iş joriy yil 13 mart kuni JIB Şayxontohur tuman sudida körib çiqilgan. Birinçi instansiya sudining hukmiga köra, sobiq vazir Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) «a» va «v» bandlari hamda 209-modda (Mansab soxtakorligi) 2-qismining «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topilgan. Sud hukmiga köra, sobiq hokim va vazir 3 yil mansabdor va moddiy javobgar şaxs lavozimida işlaş huquqidan mahrum qilingan va uzil-kesil 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötattiriş belgilangan.

Appelyatsiya instansiyasi şu yil 30 iyuldagi ajrimi bilan birinçi instansiya sudining hukmini özgarişsiz qoldirgan.

Muzaffar Soliyev 2017 yil 5 iyuldan 2021 yil yanvarigaça uy-joy kommunal xizmatlar vaziri lavozimida işlagan. U Vazirlar Mahkamasida ötkazilgan tanqidiy yiğilişdan keyin işdan olingan edi. U 2023 yil boşida vazir lavozimidagi faoliyati bilan boğliq iş yuzasidan tergovga jalb etilgani xabar berilgan edi.

2021 yil 15 yanvarda esa Nurafşon şahri hokimi lavozimiga tayinlagan. Soliyev, şuningdek, faoliyati davomida mudofaa vazirining şaxsiy tarkib bilan işlaş böyiça örinbosari lavozimida ham işlagan.