O‘zbekiston | 14:59 / 29.05.2019
9319
2 daqiqa o‘qiladi

Standartlashtirish bo‘yicha tadbirkorlarga yengilliklar berilishi kutilyapti. Batafsil

Standartlar instituti tomonidan tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab quvvatlash, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilash maqsadida 600 ga yaqin tashkilot standartlari (Ts) o‘rniga tegishli davlat standartlari (O`z DSt) loyihalari ishlab chiqildi. Bu haqda Kun.uz’ga Standartlar instituti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan:

Mazkur ishlab chiqilgan standartlar loyihasi tegishli boshqarma va tizim tashkilotlari tomonidan ko‘rib chiqilishi, shuningdek mas'ul tashkilot va korxonalardan taklif va e'tirozlarni olish maqsadida agentlikning www.standart.uz veb saytiga qo‘yildi, hamda berilgan tegishli taklif va e'tirozlar asosida qayta ishlab chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4059-sonli qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida, qator yo‘nalishlarda standartlashtirish sohasidagi mahsulotning yagona talablarini belgilaydigan, O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlari xalqaro talablar bilan uyg‘unlashgan holda ishlab chiqildi.

Misol uchun, “Kukunsimon sintetik yuvish vositalari. Texnikaviy shartlar” uchun 2019 yil holatiga ko‘ra 112 ta tashkilotning standartlari mavjud edi, bu esa o‘z navbatida 112 ta korxona uchun alohida ishlab chiqilgan 112 ta standart degani edi. Shu bilan birga har 5 yilda ushbu standartlar muddati tugagach tadbirkor yana qaytadan uni tasdiqlatish uchun ovora bo‘lardi.

Endilikda, kukunsimon sintetik yuvish vositalari uchun umumiy talablar asosida yagona davlat standarti xizmat qiladi. Ushbu tashkilotning standarti mavjud korxonalar esa o‘z navbatida normativ hujjatlarni qayta ishlab chiqish, muddatini uzaytirish bo‘yicha ortiqcha vaqt va sarf-xarajatlarni tejashga yordam beradi.

Mavzuga oid