Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurilish sohasida yollanma ishchilar norasmiy faoliyatini legallashtirishga qaratilgan prezident qarori qabul qilinadi
O‘zbekistonda qurilish sohasi bo‘yicha prezident qarori qabul qilinadi. Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasining “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda aytilgan.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Moliya vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Qaror loyihasi qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish, qurilish me'yorlari va qoidalarini qayta ko‘rib chiqish, qurilish-pudrat tashkilotlari faoliyatini tartibga solish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, yollanma ishchilarning norasmiy faoliyatini legallashtirishga qaratilishi aytiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 mayga qadar suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishga davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning hosildorlik oshishiga, suv va moddiy (elektroenergiya, mineral o‘g‘itlar va boshqalar) resurslar iqtisod qilinishiga ta'sirini mustaqil konsalting kompaniyalarni jalb qilgan holda o‘rgansin va 2020 yil 1 sentyabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi.
Mustaqil konsalting kompaniyalarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaxira jamg‘armasidan qoplanadi.
Mavzuga oid
10:23 / 10.01.2026
Bo‘stonliqda qurilish chuqurligiga tushib ketgan fuqaro qutqarildi
15:44 / 08.01.2026
Qurilish statistikasi: 27,7 trln so‘mlik ishlar bajarildi
23:02 / 05.01.2026
2026 yilda dunyo qiyofasini belgilaydigan 11 ta me’moriy loyiha
14:39 / 05.01.2026