Keça, 9 yanvar kuni soat 15:20 larda Toşkent viloyati Böstonliq tumani «Markaziy» MFY hududidagi quriliş maydonida fuqaro qazilgan çuqurlikka tuşib ketgani haqida FVBBga xabar kelib tuşdi.

Ma’lum qilinişiça, mazkur çuqurlik quriliş işlari uçun oldindan qazilgan bölib, fuqaro ehtiyotsizlik oqibatida unga tuşib ketgan. Xabar tuşgan zahoti qutqaruv guruhi belgilangan manzilga yetib borgan va qutqaruv anjomlari hamda maxsus vositalardan foydalangan holda fuqaroni xavfsiz tarzda çuqurlikdan çiqarib olgan.

Qutqaruvçilar tomonidan jabrlanuvçiga voqea joyining özida birinçi tibbiy yordam körsatilib, ahvoli nazoratga olingan. Hozirda fuqaroning ahvoli yaxşi ekani bildirilmoqda.

FVV aholini quriliş maydonlari hamda xavfli hududlarda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilişga, qazilgan çuqurliklar atrofida esa ehtiyotkorlikni oşirişga çaqirdi.