Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada kengurular velopoyganing “beliga tepishdi”
«Mendan hamma Avstraliyada eng xavfli narsa nima deb so‘raydi va men doim kenguru deb javob beraman. Ular butalar orasida berkinib turadi va oldingga sakrab chiqadi», - dedi velopoygada g‘olib bo‘lgan Jyey Van.
Foto: Videodan kadr
Avstraliyada o‘tayotgan Tour Down Under velopoygasi vaqtida bir juft kenguru velosipedchilar yo‘liga sakrab chiqishi ko‘plab velosipedchilarning ag‘darilishiga sabab bo‘ldi, deb xabar berdi ABC telekanali.
Hodisa Sterling shahrida musobaqaning beshinchi bosqichi o‘tkazilayotganda, marraga 100 km qolganida sodir bo‘ldi. Kutilmaganda ikki kenguru poygachilar yo‘liga sakrab chiqdi va bu velosipedchilarning ommaviy yiqilishiga olib keldi.
«Mendan hamma Avstraliyada eng xavfli narsa nima deb so‘uraydi va men doim kenguru deb javob beraman. Ular butalar orasida berkinib turadi va oldingga sakrab chiqadi. Bugun bu yana bir bor isbotlandi», — dedi velosipedini darhol almashtirishga ulgurgan va poygada g‘olib bo‘lgan UAE Team Emirates-XRG jamoasi a’zosi Jyey Van.
Tour Down Under — Janubiy Avstraliyada har yili o‘tkaziladigan bir necha kunlik shosse velopoygasi bo‘lib, yanvarning ikkinchi seshanbasida boshlanadi va olti bosqichdan iborat bo‘ladi. Ushbu musobaqa ilk bor 1999 yilda o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
15:09 / 15.03.2026
Avstraliyadan boshpana so‘ragan eronlik futbolchilardan 3 nafari vatanga qaytishga qaror qildi
14:29 / 11.03.2026