Turizm infratuzilmasi obektlarida namozxona va tahoratxonalarni qurish majburiy bo‘ladi

Foto: azon.uz
Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida ziyorat turizmini yanada rivojlantirish va ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:
“O‘zbekiston turizm magistrali” turizm transport koridori bo‘ylab joylashgan turizm infratuzilmasi obektlarida diniy amallarni bajarish (namozxona va tahoratxonalar) uchun shart-sharoitlar yaratish majburiy belgilanadi;
“Umra+O‘zbekiston” ziyorat turizmi dasturi doirasida sayohatni amalga oshiruvchi yo‘lovchilar uchun O‘zbekistondan uchib ketishda pul to‘lanmasdan olib chiqishga ruxsat etilgan yuk og‘irligi qo‘shimcha 10 kilogrammga oshiriladi.
Turizm qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining quyidagi takliflari ma'qullanishi mumkin:
2020–2021 o‘quv yilining ikkinchi yarim yilligi (bahorgi semestr)dan boshlab “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida, 2021–2022 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Buxoro
va Termiz davlat universitetlarida “ziyorat turizm”, “transport logistikasi” va “kreativ sanoat” (creative industry) magistratura ta'lim yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish;
2021–2022 o‘quv yilidan boshlab xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassis yetishtiruvchi oliy ta'lim muassasalarining 3-4 kurs talabalari uchun ziyorat turizm fani bo‘yicha o‘quv dasturini ishlab chiqish va joriy etish;
ziyorat turizmi uchun istiqbolli mamlakatlar tilini o‘rganish filologiyasi yo‘nalishi bitiruvchilari uchun oliy ta'lim muassasalari qoshida ziyorat turizmi mavzusida qayta tayyorlash kurslarini tashkil qilish.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jismoniy shaxslarning xorijdan tovar olib kirishiga cheklovlar kuchaytirildi
Iqtisodiyot | 23:21 / 19.04.2025
-
Toshkent va Moskva migratsiya jarayonlarini tartibga solish masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston | 22:16 / 19.04.2025
-
Toshkentda Gentra YPXdan qochib, 10 dan ortiq mashinalarni urib ketdi
Jamiyat | 22:10 / 19.04.2025
-
Moskvadagi kaltaklash, tanqidga uchragan sertifikatsiya va Andijondagi “radar ovchisi” - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 21:35 / 19.04.2025
Mavzuga oid

20:52 / 24.10.2022
O‘zbekistonda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi o‘tkaziladi

18:21 / 19.09.2022
Prezident ziyorat turizmi imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish zarurligini aytdi

10:02 / 28.04.2021
O‘zbekiston turizm va sport vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

13:41 / 27.01.2021