Termizda o‘qishga kiritishini aytib Surxondaryo va Qashqadaryoda yashovchi shaxslarning pulini o‘zlashtirgan samarqandlikka jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Termiz shahrida o‘qishga kiritishini aytib Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatida yashovchi ikki nafar shaxsning pulini olib, o‘zlashtirib yuborgan Samarqand viloyatida yashovchi shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 10 sentabr kuni o‘qishga kiritishini aytib, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida yashovchi ikki nafar fuqarodan pul olib, o‘zlashtirib yuborgan Samarqand viloyati Paxtachi tumanida yashovchi J.Og‘abekka jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Termiz shahar 4-son IIB huzuridagi tergov bo‘limining 2021 yil 11 sentabr kuni taqdim etgan xabariga ko‘ra, J.Og‘abek joriy yilning fevral va aprel oylari davomida Termiz shahar Abdulla Avloniy mahallasi hududida, o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanida yashovchi, I.Abdullani chet elga o‘qishga yuborishni va'da qilib, undan 1 100 AQSh dollari olgan.
Bundan tashqari, J.Og‘abek xuddi shu manzil va vaqt oralig‘ida Qumqo‘rg‘on tumani Paxtaobod mahallasida yashovchi, X.Xurshitdan ham 500 dollar olib, ushbu pullarni shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, joriy yil 10 sentyabr kuni J.Og‘abekka nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
19:30 / 14.10.2024
«Tolibon» O‘zbekistondan «Termiz» chegara bozorida musiqa qo‘ymaslikni so‘radi – OAV
15:04 / 29.08.2024
Termizda Afg‘oniston bilan savdo va logistika tartibini soddalashtirish maqsadida xalqaro savdo markazi ochildi
15:12 / 27.08.2024
Termizda ilk bor O‘zbekiston va Afg‘oniston klublari xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishdi
18:27 / 19.08.2024