Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda o‘qishga kiritishini aytib fuqarodan pul olgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Termiz shahrida xorijdagi oliy ta'lim muassasasiga kiritishini aytib, fuqarodan pul olgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 3 avgust kuni Termiz shahrida Sherobod tumani Oqtepa mahallasida yashovchi, J.Islom Termiz shahar 1-son IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z murojaatida 2018 yil aprel oyida, Termiz shahrida yashovchi tanishi K.Xushnud uni Koreyadagi oliygohga o‘qishga kiritishni va'da berib, 3 700 AQSh dollarini olib, o‘zlashtirib ketganini ma'lum qilgan.
Qayd etilishicha, joriy yil 3 avgust kuni K.Xushnudga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
14:58 / 12.05.2026
Sudya yordamchisi 53 ming dollar bilan ushlandi
09:15 / 30.04.2026
Buxoro va Surxondaryoda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi
15:10 / 24.04.2026
Surxondaryoda neft daryo o‘zaniga oqib ketdi
10:15 / 17.04.2026