Jahon | 07:42 / 07.10.2017
3630
2 daqiqa o‘qiladi

Nobel qo‘mitasi raisi: yadro davlatlarining qurolsizlantirish bo‘yicha sa'y-harakatlari yetarli emas

Yadro quroliga ega davlatlar 1970 yilda tuzilgan Yadro qurolini tarqatmaslik kelishuvi (YaQTK) bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish uchun yetarlicha sa'y-harakatlarni amalga oshirmayaptilar. 

Bunday fikrni 6 oktabrda TASS axborot agentligi muxbiriga Nobel qo‘mitasi raisi, 2017 yilgi tinchlik uchun Nobel mukfotini Yadro qurolini taqiqlash xalqaro kampaniyasiga (ICAN) taqdim qilgan Berit Rayss-Andersen bildirdi.

"Yadroviy qurolsizlantirish yadro davlatlari o‘z zimmalariga olgan majburiyatdir. YaQTK ularga abadiy yadro davlati bo‘lish huquqini bermaydi. Bu mukofot va shuningdek ICAN tomondan qo‘llanuvchi strategiya ularga bu haqda eslatib turadi, chunki mutlaq ayonki, bu davlatlar YaQTK bo‘yicha majburiyatlarini bajarish uchun yetarlicha ishlar qilmayaptilar, ya'nikim yadro qurolini qisqartirish bo‘yicha jarayonlarni amalga oshirmayaptilar", deb aytgan Rayss-Andersen. 

"Bu mukofotga yadro davlatlari va NATOni harakat qilishga chorlash hamda ularning YaQTK bo‘yicha majburiyatlarini eslatish sifatida qarash kerak. Maqsad – dunyoni yadroviy quroldan xoli qilish ekanligi bilan bahslashish dargumondir. Bu davlatlar shunday majburiyatlarni o‘z zimmalariga olganlar. Shu sababli biz tanqid qilmayapmiz, balki to‘g‘rirog‘i, ishlash vaqti keldi, deb aytmoqdamiz", deb aytdi Rayss-Andersen.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid