Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston alyuminiy zavodi O‘zbekistondan tabiiy gaz sotib oladi
Foto: Sputnik / Ruslan Krivobok
Tojikiston alyuminiy kompaniyasi (TALKO) rahbariyati o‘z texnik ehtiyojlarini qondirish uchun O‘zbekistondan tabiiy gaz sotib olish rejalari borligi haqida rasmiy ravishda e'lon qildi. TALKO jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi vakillarining mahalliy ommaviy axborot vositalari jurnalistlariga bergan ma'lumotiga ko‘ra, gap umumiy qiymati 15 million dollardan ko‘proq bo‘lgan bitim haqida ketyapti.
Bu yil Tojikiston 126 million «kub» sotib oladi - bu alyuminiy zavodining «ko‘k» yoqilg‘i umumiy iste'moli hajmidan 30 foizni tashkil qiladi. Bir ming «kub» kompaniya uchun 120 dollarga tushadi, bu bozor narxidan ikki barobarga pastroq.
TALKOning rasmiy vakillari ta'kidlashicha, zavod tomonidan ishlab chiqarilgan ko‘mirdan olingan tabiiy gazning 70 foizi solishtirma narxini O‘zbekistondan keladigan gaz narxiga tenglashtirish mumkin.
Kompaniyaning shuningdek qo‘shimcha qilishicha, qo‘shni davlatdan gaz yetkazib berishda hech qanday qo‘shimcha xarajatlarning hojati yo‘q, chunki 2012 yil aprel oyida korxona sintezlangan gazdan foydalangan holda kuydirilgan anodlar ishlab chiqarishni boshladi.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
12:57 / 07.09.2025
“Sibir kuchi–2” bitimiga Tramp turtki berdimi?
14:25 / 05.09.2025
Andijonda yonilg‘i tashuvchi avtomobildan gazni to‘kish vaqtida yong‘in kelib chiqdi
12:29 / 04.09.2025