Murojaatçilar özlariga prezidentning mart oyida qabul qilingan PQ–4652-sonli qaroriga köra rağbatlantiriş tölovi berilmayotgani va bu muammo böyiça viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasiga, viloyat SEOMga va viloyat hokimligining moliya boş boşqarmasiga köp bora arz qilganliklari, lekin heç qanday natija bölmayotganini bildirişdi.

Ma'lumki, prezident qarorida koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirişadigan, zararlangan bemorlar joylaştirilgan obektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlaş laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boşqa xodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri uçun vraçlar va vraç-laborantlarga — 25 million söm, örta tibbiyot xodimlari va hamşira-laborantlarga — 15 million söm, kiçik tibbiyot xodimlariga — 10 million söm, boşqa xodimlarga — 5 million söm miqdorida maxsus tölov berilişi belgilangan.

«Rahbarlardan haqqimizni sörayverib çarçadik»

Şu paytgaça maxsus tölov pullarini ololmayotgan SEOM xodimlarining sözlariga quloq tutdik.

«Koronavirus kirib kelgan davrning birinçi bosqiçidan boşlab viloyat va şahar SEOM rahbarlarining buyruqlariga asosan test analizlari olişga jalb qilinganmiz. Bakteriologiya laboratoriyamiz xodimlari tomonidan koronavirus kasalligi öçoqlaridan, karantin joylari va karantindagi aholi xonadonlarida namunalar olinib, viloyat SEOM virusologiya laboratoriyasiga 24 soat mobaynida olib borib turildi. Men boşçiligimda 3 nafar vraç va 7 nafar laborant keça-yu kunduz işladik.