Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Suriyada «istalgan daqiqada» harbiy amaliyot boshlash bilan tahdid qildi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ma'lum qilishicha, Suriya shimolida AQSh tomonidan tashkil etilayotgan «chegara xavfsizlik kuchlari» Turkiya milliy xavfsizligiga tahdid solmoqda, Suriyadagi harbiy amaliyot «istalgan daqiqada» boshlanishi mumkin. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Hozirda Amerika bizning chegaralarimiz yaqinida terrorchilik armiyasini tashkil etmoqda, u Turkiya xavfsizligiga tahdid soladi. Bizning vazifa – bu armiyani, u hali tug‘ilmasidan avval, bo‘g‘ib tashlash. Agarda AQSh bu yovvoyi jonzotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lsa – bu ularning ishi. Biroq biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz. Bizning Qurolli kuchlar, umid qilamanki, yaqin vaqt ichida Afrindagi muammoni hal qiladi. U yerdagi amaliyot istalgan vaqtda boshlanishi mumkin», - dedi Erdo‘g‘an.
AQShning Suriyadagi yangi tashabbusi haqida xabarlar Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tomonidan turk armiyasi yaqin hafta ichida Manbij va Afrin mintaqasida amaliyot boshlashi mumkin ekani haqidagi bayonotlari fonida paydo bo‘ldi.
Mavzuga oid
09:20
Trampning yaqin ittifoqchisi Milliy razvedkaga rahbarlik qiladi
21:07 / 02.06.2026
AQSh Eron bilan muzokara o‘tkazishning asosiy sharti sifatida Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochishni talab qilmoqda
20:29 / 02.06.2026
AQSh so‘nggi yillarda birinchi marta Rossiyadagi Xalqaro iqtisodiy forumda ishtirok etadi
18:05 / 02.06.2026