O‘zbekiston | 16:33 / 14.11.2020
11603
2 daqiqa o‘qiladi

So‘rovnoma: Shahrixon va Ulug‘nor tumanlari aholisi mahalliy rahbarlar faoliyatini qanday baholadi?

Kun.uz vakillari Andijon viloyati tumanlari mahalliy hokimiyati organlari rahbarlarining xalq orasiga qay daraja kirib borgani, aholi vakillarining ularga munosabatini o‘rganish maqsadida «Tumaningiz rahbarlari faoliyatiga qanday baho berasiz?» ijtimoiy so‘rovini o‘tkazdi.

Ilk ijtimoiy so‘rov Shahrixon tumanida o‘tkazildi. Unda tuman hokimi Hikmatullo Dadaxonovni tuman aholisi qanchalik tanishi, olib borayotgan ishlariga fuqarolar munosabati o‘rganildi.

Ma'lumot uchun, Hikmatullo Dadaxonov Shahrixonga 2017 yildan buyon rahbarlik qilmoqda.

Aholi vakillari quyidagi savollarga javob berishdi:

  • Suratdagi insonni taniysizmi? Ha bo‘lsa, ismi-familiyasini bilasizmi?
  • So‘nggi yillarda tumanda ko‘p sohalarda o‘sish kuzatilyaptimi yoki pasayish?
  • Agar hokimlar yuqoridan tayinlanmay, aholi ovozi bilan saylanadigan bo‘lsa, nomzodlar orasidan ayni paytdagi hokimni saylagan bo‘larmidingiz?
  • Tumanning yechimini kutib turgan eng dolzarb muammolari qaysilar?

Fuqarolarning javoblari bilan videolavha orqali tanishishingiz mumkin.

Navbatdagi manzilimiz viloyatning Ulug‘nor tumani bo‘ldi. Bu yerda ham qariyb uch yildan buyon hokim o‘zgarmay kelmoqda: Doniyorbek Maxsudov 2017 yilning 12 dekabrida Ulug‘norga rahbar etib tayinlangandi.

Ta'kidlash joiz, mazkur ijtimoiy so‘rov qaysi amaldor qanchalik taniqli bo‘lishi barobarida uning o‘z hududida olib borayotgan ishlari qoniqarli yoki qoniqarsiz ekani yoxud aholi vakillarining siyosiy-ijtimoiy bilimini baholashdan yiroq. So‘rov o‘tkazishdan bunday maqsad ko‘zlanmagan.

Elmurod Ermatov,
Ahrorbek Yoqubjonov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid