Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyöl tuman bölimi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazildi.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti matbuot xizmati xabar berişiça, fuqaro I.A. va Kadastrlar palatasi Yangiyöl tumani filiali muhandisi Ş. X. «U.Yu.» agrofirmasiga qaraşli 32 sotix yer maydonini fuqaro Ş. ga 29 000 AQŞ dollariga sotişga kelişib, tanişlari orqali hujjatlarni rasmiylaştirib berişi evaziga oldindan 10 400 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Şu kabi, Departament, DXX va IIVning hamkorlikdagi tadbirida Andijon viloyati, Uluğnor tumani fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa egalari kengaşi hisobçisi D.Ş. fuqaro Ş. ning opasi M.ning nomiga taşkil qilingan «Yoşlar boği» hududidan 3,5 gektar yer maydonini dehqonçilik qiliş uçun ajratib beriş evaziga 4 mln söm pulini olib, keyinçalik uşbu yer maydonini onlayn-auksion orqali yutib olib beriş va kadastr hujjatlarni rasmiylaştirib beriş evaziga 1 000 AQŞ dollarini olgan vaqtida qölga olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.