Jahon | 08:20 / 20.01.2017
5214
2 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada Oliy sud a'zosi uchayotgan samolyot halokatga uchradi

Braziliyaning Rasa oroli yaqinida yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Rio-de-Janeyro shtati sohillarida ro‘y bergan fojiada mamlakat Federal oliy sudi a'zolaridan biri halok bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Globo nashri.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, sakkiz o‘rinli samolyotda kamida 3 kishi bo‘lgan.  Samolyot San-Paulu shahridan Paratiga parvozni amalga oshirayotganda ushbu baxtsiz hodisa ro‘y bergan. Uning tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Braziliya o‘t o‘chirish departamenti matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, yo‘lovchilardan biri samolyot qulagan joyda tirik holda topilgan. Ma'lum bo‘lishicha, yengil havo layneri tadbirkor Karlos Alberto Filgerasga tegishli bo‘lgan. 

Shu munosabat bilan, Braziliya prezidenti Mishel Temer mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi. U bu haqda Twitter sahifasida yozgan. Aviahalokat oqibatida Braziliya Federal oliy sudi a'zosi Teori Zavatski hayotdan ko‘z yumgan. 

«Biz rasman 3 kunlik motam e'lon qilamiz. Bu yuridik toifaga, sudlarga va brazil xalqiga xizmat qilganlar xotirasiga kamtarona hurmat ko‘rsatishdir», — deb yozgan prezident.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid