AQŞ Qişloq xöjaligi vazirligi xalqaro qişloq xöjaligi xizmati (USDA), Xalqaro qahva taşkiloti hamda Colipse Coffee va StatRanker tahlil platformalari ma’lumotlariga köra, Braziliyada 2025 yilda taxminan 63 million qop qahva işlab çiqarilgan. Har bir qop 60 kilogrammdan iborat. Bu körsatkiç ikkinçi örindagi Vetnam natijasidan ikki baravardan ham köpdir. Vetnamda 30,8 million qop qahva yetiştirilgan.
Braziliya eksport böyiça ham jahonda yetakçi bölib qolmoqda. Mamlakat 2026 yilda jahon bozoriga 40 milliondan ortiq qop qahva yetkazib berişni rejalaştirgan.
Hozirda Braziliya hissasiga jahon qahva işlab çiqarişining qariyb uçdan bir qismi töğri keladi. Mamlakat asosan arabika navini yetiştiriş böyiça yetakçi hisoblanadi. Bu nav premium qahva aralaşmalari va espresso tayyorlaşda keng qöllanadi.

Robustaga talab ortmoqda
Ikkinçi örindagi Vetnam asosan robusta navini eksport qiladi. Uşbu navda kofein miqdori yuqori bölib, u eritiladigan qahva işlab çiqarişda faol qöllanadi.
Arabika narxlari oşib borayotgani sababli jahonda robustaga talab ham tez ösmoqda. Vetnam 2026 yilda taxminan 27,9 million qop qahva eksport qilişni rejalaştirmoqda.
Uçinçi örinni Kolumbiya egallagan — mamlakatda 13,8 million qop qahva işlab çiqarilgan.
Keyingi örinlarda Indoneziya va qahva vatani hisoblangan Efiopiya joylaşgan. Ular mos ravişda 12,45 va 11,56 million qop qahva işlab çiqargan.
Afrikada esa Uganda pozitsiyalarini tobora kuçaytirmoqda. USDA bahosiga köra, mamlakatda qahva işlab çiqariş 6,9 million qopga yaqinlaşadi.
Ayrim davlatlar işlab çiqargandan köproq eksport qilmoqda
Tahlilçilar ma’lumotiga köra, Hindiston, Honduras va Peru kabi davlatlar işlab çiqarganidan köra köproq qahva eksport qilişi mumkin.












