World Boxing federatsiyasi tomonidan taşkil etilgan Jahon kubogining birinçi bosqiçida Özbekiston terma jamoasi medallar jadvalida 6-örinni egalladi.

Musobaqa 18-27 aprel kunlari Braziliyaning Fos-du-Iguasu şahrida ötkazildi. Özbekistonliklar nufuzli musobaqada 4 ta boksçi bilan iştirok etib, 2 ta oltin va 1 ta bronza medalni qölga kiritdi.

-48 kg vaznda Farzona Fozilova va -65 kg vaznda Navbahor Hamidova şohsupaning yuqori poğonasiga kötarildi. -90 kg vaznda Jahongir Zokirov bronza medaliga ega çiqdi. -51 kg vaznda Feruza Kazakova medalsiz qoldi.

Jahon kubogining birinçi bosqiçida Braziliya (5 ta oltin, 4 ta kumuş) birinçi, Xitoy (4-0-1) ikkinçi, Qozoğiston (3-1-3) uçinçi örinni egalladi.

Musobaqada 50 ta mamlakatdan 400 dan ortiq boksçi iştirok etib, rekord körsatkiçga erişdi.

Jahon kubogining ikkinçi bosqiçi 15-21 iyun kunlari Xitoyning Guyyang şahrida ötkaziladi. Yakuniy bosqiç 25 noyabr – 2 dekabr kunlari Toşkentda bölib ötadi.