Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik ayollarga uylangan o‘zbekistonliklarga oiladan uzoqda yashash taqiqlanadi
Foto: RIA "Novosti"
Rossiya Federatsiyasining qonun loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha hukumat komissiyasi chet ellik muhojirlar tomonidan soxta oila qurishlarga qarshi qaratilgan qonun loyihasini ko‘rib chiqdi. Xorijiy fuqarolarning huquqiy maqomi to‘g‘risidagi qonunga kiritilishi mo‘ljallangan o‘zgartishlarga ko‘ra, chet ellik erlarga oilalardan uzoqda yashashga yo‘l qo‘yilmaydi. Migratsiya xizmati buni qat'iyan kuzatib boradi.
«Loyiha soxta to‘ylarni ro‘yxatga olish holatlarini kamaytirishga qaratilgan, - deya ta'kidlab o‘tdi Rossiyaning Yuristlar uyushmasi boshqaruvi raisi Vladimir Gruzdev «Rossiyskaya Gazeta»ga. - Ko‘plab xorijiy fuqarolar mamlakatimizda yashash huquqini olish uchun ko‘plab suiiste'molliklar qilishadi, soxta oila qurishadi».
«Tabiiyki, odamning oilasi bilan yashash huquqi so‘roq ostiga olinmaydi, - dedi Vladimir Gruzdev. - Biroq, oilani himoya qiladigan me'yorlar insofsiz fuqarolar uchun o‘ziga xos tuynuk bo‘lmasligi kerak».
Misol uchun, yaqinda Permda yashovchi ayolning soxta oilasi fosh etildi. Prokuratura ma'lum qilishicha, ayol janubiy o‘lkalaridan biridan kelgan erkakka pul evaziga turmushga chiqqan. Bu besh ming rublga tushgan. Juftlik bir kun ham birga yashamadi, ularning birgalikdagi mulki ham bo‘lmagan. Biroq, pasportdagi muhr chet ellikka mamlakatda doimiy yashovchi maqomini olishga da'vogarlik qilishga imkon berdi.
Permlik ayol janubiy o‘lkalardan birining fuqarosi bilan soxta oila qurgani uchun 5 ming rubl olgan. Perm o‘lkasi prokuraturasi nikohni noqonuniy deb topish tuman sudiga murojaat yo‘lladi. Sud qaroriga binoan, nikoh qurilgani haqidagi yozuv bekor qilindi.
Bunday holatlar soni ortib bormoqda: Rossiya bo‘ylab prokurorlar soxta oilalarni aniqlashmoqda va ularni sud orqali bekor qilishmoqda. Biroq, soxta kelinlarga bo‘lgan talab va «oila qurish» xizmatlari bozorida shunga o‘xshash takliflar doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Shu bois, xorijiy kuyovlar uchun ayrim cheklovlarni kiritish taklif etildi.
«Chet el fuqarosi o‘z yashash joyini mustaqil ravishda o‘zgartirish va boshqa mintaqaga ko‘chib o‘tish huquqiga ega emas, - deya aniqlik kiritgan Vladimir Gruzdev. - Oilaviy sabablarga ko‘ra ko‘chib o‘tish zarurati tug‘ilsa, muvofiqlashtirish jarayoni ko‘zda tutiladi».
Shu bilan birga, Rossiya Yuristlar uyushmasi boshqaruvi raisining ta'kidlashicha, qonun Rossiya fuqarolarining mamlakat bo‘ylab harakatlanish huquqini cheklamaydi.
«Rossiya fuqarolarining oila a'zolari mamlakat bo‘ylab o‘z yaqinlari bilan sayohat qilish huquqida cheklanmaydi, - deydi u. - Bunday taqiqlar ta'til va ish safarlariga ham aloqador bo‘lmaydi, cheklovlar faqat doimiy yashash joyini almashtirish uchun kiritiladi».
Vaqtinchalik yashash uchun ruxsat faqat Rossiya fuqaroligi bo‘lgan qarindoshlari yashaydigan hudud doirasiga beriladi.
Mavzuga oid
15:28 / 02.03.2026
Yanvarda tashqi savdo aylanmasi 1,3 mlrd dollarga oshdi
14:45 / 02.03.2026
Belgiya Rossiyaning “yashirin floti” tankerini qo‘lga oldi
09:06 / 02.03.2026
Rossiya Xersonni o‘qqa tutdi: halok bo‘lganlar va yaralanganlar bor
20:01 / 01.03.2026