Ma’lum qilinişiça, yanvar oyida taşqi savdo aylanmasi tarkibida eksport 1,7 mlrd dollarni taşkil etgan bölib, bu körsatkiç ötgan yilga nisbatan 26,7 foizga oşgan. Import hajmi esa 4,1 mlrd dollar bölib, 30,3 foizlik ösiş qayd etilgan.

Şuningdek, 2026 yilning ilk oyida Özbekiston jahonning 145 dan ortiq mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oşirgan.

Taşqi savdo aylanmasida eng katta uluş quyidagi davlatlar hissasiga töğri kelgan:

Xitoy — 27,9 foiz;
Rossiya — 18,7 foiz;
Qozoğiston — 7,1 foiz;
Turkiya — 3,6 foiz;
Afğoniston — 2,4 foiz.

Qayd etilişiça, mazkur körsatkiçlar taşqi iqtisodiy aloqalar faolligi oşgani, şuningdek, import va eksport operatsiyalari kölami kengayganini körsatadi.