Rossiya qöşinlari yakşanba, 1 mart kuni Xerson şahrining turar joy mavzelariga bir neça marta artilleriya zarbalari berdi. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga köra, natijada tört kişi halok bölgan.

“Duşman Xersonni özida mavjud barça qurol-yaroğ arsenali bilan öqqa tutişda davom etmoqda. Bugungi kun davomida RF qöşinlari Korabel tumaniga bir neça artilleriya zarbasini berdi. Nişonda Şumenskiy mikrotumanidagi turar joy mavzelari böldi”, — deb Xerson viloyati politsiyasi Telegram’da xabar qildi.

Taxminan soat 13:00 lar atrofida sodir bölgan artilleriya öqi tufayli tört nafar tinç aholi hayot bilan mos kelmaydigan oğir jarohatlar olgan. 77 yoşli ikki ayol uylardan birining pod’yezdi oldida voqea joyida halok bölgan. Yana ikki kişi — 85 yoşli ayol va 63 yoşli erkak şifoxonada vafot etgan.

Xerson viloyati harbiy ma’muriyati (VHM) ma’lumotlariga köra, Rossiya tomonidan şaharning öqqa tutilişi oqibatida tinç aholi orasida yaralanganlar ham bor.

1 mart tongida Rossiya qöşinlari Xarkiv şahriga hujumkor uçuvçisiz uçiş apparatlari (dronlar) bilan hujum qildi. Dronlardan biri Şevçenko tumanidagi töqqiz qavatli yotoqxonaga urilgan.

Xarkiv viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovning aytişiça, öqqa tutiş natijasida yotoqxonaning texnik qavati şikastlangan. Uç nafar jabrlanuvçi haqida xabar berilgan: 75, 53 va 69 yoşli ayollar keskin stress reaksiyasini boşdan keçirgan.

Bundan taşqari, kunduzi şaharga raketa zarbasi berilgani oqibatida Ivan Kotlyarevskiy nomidagi Xarkiv milliy san’at universiteti şikastlangan, deya xabar qildi Ukraina Madaniyat vazirligi. Uşbu muassasa Xarkiv 2022 yil bahorida ilk bor öqqa tutilgan paytda ham şikast körgan edi.