Xalqaro press-klubning 2020 yil Davlat dasturiga bag‘ishlangan navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. U ijtimoiy sohaga bag‘ishlandi.
![](https://storage.kun.uz/source/5/XL4VnFALAMYZVtOaO8tZmlcfNIZAY2VE.jpg)
Foto: Xalqaro press-klub
Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev tadbir davomida bir qator yangiliklar to‘g‘risida ma'lumot berdi
“Yaqin vaqt ichida maktablardagi sinflar yo‘nalishiga qarab 5ta guruhga ajratiladi. Bular - aniq fanlar, gumanitar, tibbiyot va boshqalar.
2020-2021 yildan boshlab xalq ta'limida o‘qitishning milliy dasturi ishlab chiqiladi.
Bu yil davlat budjetidan 18,6 trillion so‘m mablag‘ Xalq ta'limi sohasiga ajratilgan. Ularning 90 foizi soha xodimlarining oylik mablag‘larini shakllantiradi”, - dedi u.
Shuningdek, Dilshod Kenjayevning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda respublika bo‘ylab 3500 ta maktabda sport zallari mavjud emas.
Bundan oldin, xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov ta'lim sohasidagi o‘zgarishlar haqida gapirgandi.