Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar XTBB boshlig‘i o‘zgardi
Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi 110-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi mas’ul xodimlari, tuman xalq ta’limi bo‘limi mudirlari, umumta’lim muassasalari direktorlari ishtirok etdi.
Unda xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Vahob Rajabov qatnashdi va so‘zga chiqdi. Vahob Rajabov xalq ta’limi vaziri buyrug‘ini o‘qib eshittirdi. Unga ko‘ra, Nilufar Husanboyeva Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Ushbu lavozimda N.Husanboyeva 2020 yilning noyabr oyidan buyon XTBB rahbari lavozimida ishlab kelayotgan Kozim Hasanov o‘rnini egalladi.
Bungacha Nilufar Husanboyeva Yakkasaroy tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Xalq ta’limi vaziri buyrug‘i bilan Bobur Mirxoliqov Yashnobod tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri vazifasiga tayinlandi.
Mavzuga oid
10:13 / 28.03.2026
Kichik halqa yo‘lining bir qismi vaqtincha yopiladi
12:07 / 27.03.2026
Toshkentda yangi sanoat zonalariga moratoriy joriy etiladi
11:36 / 25.03.2026
Nurafshon va Bektemirni bog‘lovchi tezyurar avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
14:51 / 24.03.2026