Unda xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov ta'lim sohasidagi özgarişlar haqida gapirdi.
“Xususiy maktablarga “ögay boladek” qarab kelingan. Sönggi 3 yil içida xususiy maktablar oldidagi barça tösiqlar olib taşlandi. Oddiy bir misol: litsenziya oliş masalasi. [Ilgari] Vazirlar Mahkamasidan olinardi. Hozir hujjat topşirib, istalgan Davlat xizmatlari markaziga borib, litsenziya olinadi. Şu paytgaça xususiy maktablarning birortasi attestat bermagan, hozir xususiy maktablar davlat maktablari kabi attestat bera oladi. Bu sohaga raqobat kirib kelib, sohada ham rivojlaniş boşlanadi”, – dedi Şermatov.
Uning sözlariga köra, Xalq ta'limi vazirligi Osiyo taraqqiyot banki bilan Sergeli tumanida davlat-xususiy şerikçilik asosida yangi maktablarni quriş böyiça loyiha boşlagan.
Şerzod Şermatov yildan yilga oliy ta'limda kiriş kvotasi oşirilişi haqida gapirib, bu qulay imkoniyat ekanini ta'kidladi.
“Bu imkoniyatdan yaxşiroq foydalaniş uçun joriy yildan variativ öquv rejalari joriy qilindi. Masalan, [öquvçi] muhandislik yönalişiga tayyorlanadigan bölsa, muhandislik böyiça fanlarni, şifokorlik yönalişiga bölsa, kimyo, biologiya fanlarini köproq öqiydi”, - deya qöşimça qildi u.

















