Qaşqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani xalq ta’limi bölimining uç nafar mansabdoriga nisbatan jinoyat işi qözğatildi.
Viloyat prokuraturasi matbuot xizmatining xabar qilişiça, Dehqonobod tumani xalq ta’limi bölimi mudiri, boş hisobçi va sobiq boş hisobçisiga Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) bilan jinoiy iş qözğatildi.
Ularga nisbatan sudning tegişli ajrimi bilan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.











