Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Singapur» va «Vestminster» talabalarining mini-futbol o‘yini ommaviy mushtlashuv bilan tugadi
Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti va Vestminster xalqaro universiteti talabalari o‘rtasidagi mini-futbol o‘yini so‘ngida katta janjal kelib chiqdi.
Singapur menejmentni rivojlantirish instituti sport zalida 13 mart kuni bo‘lib o‘tgan o‘yinda mezbonlar 4:1 hisobida g‘alaba qozongan. Ijtimoiy tarmoqda videosi tarqalgan janjal o‘yin oxirida ro‘y bergan.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining aniqlik kiritishicha, mini-futbol o‘yini Talabalar ligasi doirasida bo‘lib o‘tgan. 16-marta o‘tkazilgan an'anaviy chempionatda Toshkentdagi 10 ta xorijiy va xususiy OTMlar jamoalari qatnashgan.
«O‘yinning ikkinchi taymi tugashiga bir daqiqa qolganda to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketgan va o‘sha vaziyatda ikki futbolchi-talaba tortishib qolgan. Futbolchilarning o‘zaro tortishuviga tribunadagi muxlislar maydonga tushib qo‘shilishgan va oqibatda tortishuv kengaygan.
Hakamlar tomonidan o‘yin to‘xtatilib, institut xavfsizlik xizmati xodimlari zudlik bilan talabalarni ajratgan va tinchlantirgan. Tortishuvda hech bir talaba tan jarohati olmagan. O‘yinchilar bir-biridan uzr so‘rab, o‘zaro kelishib olgan.
Holat aks etgan videotasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng jamoatchilik orasida qizg‘in muhokamalarni keltirib chiqardi. Turli bahs-munozaralar jarayonida aslida talaba-yoshlar o‘rtasida bo‘lgan o‘zaro tortishuv mohiyatidan uzoqlashib, ommani chalg‘ituvchi noto‘g‘ri talqin, xato ma'lumotlar yuzaga keldi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan ushbu holat tezkorlik bilan nazoratga olinib, uning kelib chiqish sabablari o‘rganildi, musobaqani o‘tkazishga mas'ul bo‘lgan rahbar-xodimlar hamda ishtirokchi-talabalarning harakatiga baho berildi.
Mazkur holatning kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan mutasaddilar va talabalarga nisbatan intizomiy choralar ko‘riladi.
Ushbu holat shu kunning o‘zida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri boshchiligida muhokama qilinib, kelgusida bu kabi salbiy holatlar takrorlanmasligi yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilishi belgilab olindi», – deyiladi vazirlik axborotida.
Mavzuga oid
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
19:46 / 27.11.2023
Rossiyada O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi
21:26 / 15.09.2023
Rossiyada migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi
16:30 / 18.04.2023