Özbekiston Superligasining 6-turida Toşkentning «Bunyodkor» va Qarşining «Nasaf» jamoalari örtasidagi bahs 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Bahs davomida mehmonlar bir kişiga kam bölib qolgan (uçraşuvning 71-daqiqasida «Nasaf» futbolçisi Umarbek Eşmurodov maydondan çetlaştirilgan) esa-da, sönggi daqiqalargaça ustunlik qilişgani aytilmoqda. Şuningdek, qaşqadaryoliklar safida Abubakr Rizo Turdialiyev ham 42-daqiqada qizil kartoçka olgan, biroq u bu paytda maydonda emas, balki zaxira örindiğida ötirgandi.
Hakam tomonidan qöşib berilgan daqiqalarning sönggisida ötkazib yuborilgan gol mezbonlarga qimmatli bir oçko keltirgan bölsa, mehmonlarni uç oçkodan mahrum qilgan. Uçraşuvdagi gollar Ğolib Ğaybullayev (40-daqiqa, «Nasaf») hamda Aleksey Nosko (90+6-daqiqa, «Bunyodkor») hisobiga yozilgan.
Öyin yakunlangaç, ikki jamoa vakillari örtasida yuzaga kelgan mojaro ommaviy muştlaşuvga aylanib ketgan.
«Nasaf» futbolçilari va murabbiylar ştabi uçraşuv boş hakami Rahimbek Karimovning qarorlaridan norozi bölişganini yaşirişmagan. Voqealar markazida bölgan sport jurnalisti Nikolay Yegoriçevga köra, öyindan söng zaxira örindiğida ötirgan vaqtda qizil kartoçka bilan “siylangan” Abubakr Rizo Turdialiyev ham tribuna ostidagi xonada hakamni kutib olib, unga e’tirozlarini bildirgan.

«Bunyodkor» sardori Davron Ergaşevning harakatlari provokatsion çiqdi – u klub gerbini öpdi va turli harakatlari bilan «Nasaf» futbolçilari hamda murabbiylar ştabini ğazablantirdi. Uşbu video



















