Rossiyaning Amur viloyati, Svobodniy şahri maktabi stadionida ommaviy muştlaşuv uyuştirgan 11 nafar Özbekiston fuqarosi sud qarori bilan hibsga olindi.
Ular bezorilikda ayblandi (Rossiya Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 20.1-moddasi 1-qismi). Sud barçasini aybdor deb topdi va 12-14 sutkaga ma’muriy qamoqqa oldi.
Migrantlar 25 may kuni Svobodniy şahridagi maktab stadionida futbol öyini çoğida boşlagan muştlaşuvi uçun politsiya xodimlari tomonidan qölga olingan. Bir kişi tibbiy yordamga muhtoj bölgan.
Şu bilan birga, politsiya badanga örtaça oğirlikdagi şikast yetkaziş (Rossiya Jinoyat kodeksining 112-moddasi 1-qismi) böyiça jinoiy iş qözğatgan.
Aybdor deb topilganlar 3 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin. Şuningdek, ularning Rossiyaga kirişi ham taqiqlanadi, deb xabar berdi Amur viloyati böyiça tergov qömitasi.
Rossiya Tergov qömitasi rahbari Aleksandr Bastrikin tergovni öz nazoratiga olgani ta’kidlanmoqda.

















