Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Toshkentda 420 gektar maydonda Markaziy bog‘ barpo etiladi
Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent loyihasi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida nutq so‘zladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident poytaxt aholi uchun har tomonlama qulay sharoitga ega, chinakam ekologik shahar bo‘lishi kerakligiga e’tibor qaratdi.
Shu maqsadda “Toshkentning yashil belbog‘i” loyihasi aynan Yangi Toshkent hududidan boshlanadi. Bunda 420 gektar maydonda Markaziy bog‘ barpo etilib, 200 ming tup daraxt ekiladi. Bugun ushbu bog‘da yaxshi niyatlar bilan ming tup daraxt ekiladi.
Davlat rahbari bu ishlarning davomi sifatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bahor faslida har bir mahalla hududida mingtadan daraxt ekishni taklif etdi.
So‘zining yakunida Prezident poytaxt Yangi O‘zbekistonning yuksak taraqqiyot darajasi va salohiyatiga har tomonlama mos bo‘lgan yirik megapolisga, dunyodagi eng go‘zal va jozibador shaharlardan biriga aylanishiga ishonch bildirdi.
Mavzuga oid
20:04 / 01.01.2026
Yangi O‘zbekiston universitetining kampusi 200 mln dollarga baholanmoqda
18:32 / 30.12.2025
Yangi Toshkentni poytaxt bilan bog‘lovchi metro liniyasi va ko‘prik qurilmoqda
18:09 / 30.12.2025
Prezident Yangi Toshkentda bir qancha obektlar qurilishi bilan tanishdi
12:19 / 30.12.2025