Yangi Toşkentda olib borilayotgan bunyodkorlik işlari bilan tanişuv davomida prezident Şavkat Mirziyoyev Çirçiq daryosi ustidan yangi köprik hamda metro bekati bilan birlaştirilgan avtoturargoh barpo etiş işlarini közdan keçirdi.
«Poytaxt va Yangi Toşkent örtasida transport aloqalarini mustahkamlaş, transport oqimini samarali boşqariş hamda aholi uçun qulay harakat muhitini yaratişga qaratilgan mazkur loyihalar şahar infratuzilmasini rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etadi», – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Yangi köprik Toşkent va Yangi Toşkentni boğlaydi. Bir sutkada 40-50 mingta avtotransport vositasini ötkaziş quvvatiga ega böladi. Quriliş işlari joriy yil oxirida boşlangan bölib, ayni paytga kelib loyihaning dastlabki qismi amalga oşirilmoqda.

Loyiha doirasida atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sohil hududlari kökalamzorlaştiriladi, energiya tejamkor yoritiş tizimlari örnatiladi, piyodalar va velosiped yölaklari barpo etiladi. Şuningdek, köprik orqali ikki tasmali tramvay yöli yotqizilişi rejalaştirilgan.

Yangi Toşkentni Toşkent şahri bilan boğlaydigan bölajak metro liniyasining uzunligi 21 kilometrni taşkil etib, 9 ta zamonaviy bekatni öz içiga oladi. U kuniga 230 ming nafar yölovçiga xizmat körsatiş imkoniyatiga ega böladi. Liniya poytaxt metrosining mavjud tarmoqlari bilan töliq integratsiya qilinadi, bu esa yölovçilar uçun yagona va uzluksiz transport tizimini şakllantiradi.
Davlat rahbari bölajak liniyaning avtoturargoh bilan integratsiyalaşgan bekatlaridan birining quriliş jarayoni bilan tanişdi.
Metro bekati bilan integratsiyalaşgan avtoturargoh 20 ming kvadrat metr maydonda barpo etiladi, unda avtomobillar, piyodalar va jamoat transporti harakati aniq ajratilib, xavfsizlik va funksionallikka ustuvor ahamiyat beriladi.

Ayni paytda hududda yer işlari va beton quyiş işlari olib borilmoqda. Majmua 2027 yilda foydalanişga topşirilişi rejalaştirilgan.
Prezident loyihalarning Yangi Toşkent uçun strategik ahamiyatini ta’kidlab, quriliş işlarini belgilangan muddatlarda, yuqori sifatda amalga oşiriş böyiça öz tavsiyalarini berdi.



















