Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ish haqi saqlanmagan holda ta'til qancha muddatga va kimlarga beriladi?
Foto: KUN.UZ
Savol: Men NKMK davlat korxonasida ishlayman. Qancha vaqtgacha o‘z hisobimdan, ish haqim saqlanmaydigan ta'til olishim mumkin?
Sherali Sh.
JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 150-moddasiga muvofiq xodimning arizasiga ko‘ra unga ish haqi saqlanmagan holda ta'til berilishi mumkin, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi, lekin u o‘n ikki oylik davr mobaynida jami uch oydan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Quyidagi xodimlarga ularning xohishiga ko‘ra, ish haqi saqlanmagan holda muqarrar tartibda ta'til beriladi:
- 1941–1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari jihatidan ularga tenglashtirilgan shaxslarga — har yili o‘n to‘rt kalendar kunga qadar;
- ishlayotgan I va II guruh nogironlariga — har yili o‘n to‘rt kalendar kunga qadar;
- ikki yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan bolani parvarish qilayotgan ayollarga (234-modda);
- o‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolani tarbiyalayotgan ayollarga — har yili o‘n to‘rt kalendar kunga qadar (232-modda);
- mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasi shartlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Savolga huquqshunos Foziljon XATAMQULOV javob berdi.
Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.