Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmanistonda zo‘ravon va qotillar afv etildi, huquq faollari ozod qilinmadi – OAV
Foto: RIA "Novosti"
“Alternativnyye Novosti Turkmenistana” xabariga ko‘ra, Turkmanistonda Navro‘z bayrami munosabati bilan e'lon qilingan afv tufayli avval nomusga tegish hamda qotilliklar uchun sudlangan shaxslar ozod etildi.
Xususan, Tejyen shahridagi koloniyadan 10 kishi ozod etildi – bari “Qasddan odam o‘ldirish” moddasi bo‘yicha qamalgandi. Lebap viloyatidagi LB-K/12 umumiy rejimdagi koloniyadan 300 mahkum ozodlikka chiqarildi, ular orasida avval nomusga tegish uchun sudlangan shaxslar bo‘lgan.
Prezidentning afv etish to‘g‘risidagi farmoni 2016 yilda qamalgan Gaspar Matalayevni chetlab o‘tgan. O‘shanda u firibgarlik va pora berish bo‘yicha yolg‘on ayblovlar bilan, aslida esa – paxta yig‘im-terimi vaqtida majburiy mehnatdan foydalanishni monitoring qilgani uchun qamoqqa tashlangan.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda tramadol taqiqlangan moddasini saqlash bo‘yicha yolg‘on ayblovlar bilan qamalgan jurnalist Saparmamed Nepeskuliyev, hamda turkman narkoxizmati xodimlari tomonidan o‘ziga va boshqa etnik belujiylarga nisbatan qo‘llangan qiynoqlar bo‘yicha shikoyat bergani uchun 22 yilga qamalgan Mansur Mingelov ham ozod etilmagan.
«Gaspar Matalayev va Saparmamed Nepeskuliyev faqatgina Turkmanistondagi sharoitlar haqida ochiq aytishga harakat qilib ko‘rishgani uchun qamoqda saqlanmoqda. Hukumat ularni darhol ozodlikka chiqarishi kerak», - deya aytib o‘tdi Human Rights Watch huquq himoyasi tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘limi direktori o‘rinbosari Reychel Denber nashr bilan suhbatda.
Mavzuga oid
18:22 / 29.12.2025
Turkmanistonda «Do‘zax darvozasi» olovini o‘chirish usuli topilgani ta’kidlanmoqda
21:33 / 12.12.2025
Prezidentning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
23:02 / 11.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashdi
21:48 / 11.12.2025