Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iordaniya podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
Foto: Getty Images
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Iordaniya Hoshimiylar podshohligi podshohi Abdulla II ibn al-Husayn 25-26 avgust kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi.
Oliy martabali mehmon tashrifining asosiy tadbirlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
Sammit kun tartibidan siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, kimyo, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, konchilik va boshqa tarmoqlarda kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish, madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashiladi.
Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitimlar to‘plami imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
09:10 / 22.12.2025
Isroil Iordan daryosining G‘arbiy sohilida 19 ta yangi posyolkani ma’qulladi
10:01 / 02.10.2025
Sardor Umrzoqov Iordaniya podshohi bilan uchrashdi
10:15 / 27.09.2025
O‘zbekiston va Iordaniya mis va uran qazib olish sohasida loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi
08:30 / 24.09.2025