Özbekiston prezidenti maslahatçisi Sardor Umrzoqov, prezident maslahatçisi örinbosari, Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Din işlari böyiça qömita raisining birinçi örinbosari Davron Maxsudov, Özbekiston musulmonlari idorasi raisi örinbosari Muhammadolim Muhammadsiddiqovdan iborat delegatsiya Iordaniya mamlakatida xizmat safari bilan bölib turibdi.

Delegatsiya a’zolari Iordaniyada bir qator hamkorlik uçraşuvlarini ötkazişlari rejalaştirilgan. Ana şu muloqotlarning dastlabkisi Iordaniya Hoşimiylar podşohligi podşohi Abdulla II ibn al-Husayn örtasida ötkazildi.

Unda Özbekiston prezidenti maslahatçisi Sardor Umrzoqov hamda prezident maslahatçisi örinbosari, Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Komilov iştirok etdi.

Uçraşuvda Prezident maslahatçisi Sardor Umrzoqov podşoh Abdulla II ibn al-Husaynga qabul uçun minnatdorlik bildirdi. Özbekiston va Iordaniya örtasida hamkorlik aloqalarida yangi davr boşlanganini e’tirof qildi.

Öz navbatida, podşoh Abdulla II ibn al-Husayn Iordaniya va Özbekiston örtasidagi mustahkam döstlikni yuqori baholab, hamkorlikni davom ettiriş va mavjud ösiş imkoniyatlaridan, xususan, savdo, sarmoya, soğliqni saqlaş, ta’lim va turizm sohalarida foydalaniş zarurligini ta’kidladi.

Şuningdek, delegatsiya a’zolari kun davomida podşohning din va madaniyat masalalari böyiça boş maslahatçisi, şahzoda Amir Ğoziy, vaqf islom işlari va muqaddas qadamjolar vaziri Muhammad al-Halayala, Iordaniya boş muftiysi Ahmad al-Hasanot hamda taşqi işlar vaziri Ayman Safadiy bilan ham uçraşuvlar ötkazdi.