O‘zbekiston | 19:38 / 18.11.2025
4334
3 daqiqa o‘qiladi

Telegramʼda tarqalayotgan APK-fayllar hisobiga firibgarlik holatlari keskin ko‘paydi – mutaxassis ogohlantiradi

O‘zbekistonda Telegram foydalanuvchilarining 40 foizi firibgarlar yuborgan APK fayllarni ochish oqibatida bank kartalaridagi mablag‘lar va shaxsiy ma’lumotlar o‘g‘irlanishi holatlariga duch kelmoqda. Kiberxavfsizlik markazi boshlig‘i o‘rinbosari Jahongir Sagdullayev ulardan himoyalanish uchun tavsiyalar berdi.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda Telegram foydalanuvchilarining 40 foizi messenjerdan kelgan APK fayllarni bosishi oqibatida bank kartalaridan pul yechish, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash holatlari keskin ko‘paygan.

Kiberxavfsizlik markazi boshlig‘i o‘rinbosari Jahongir Sagdullayev bu vaziyatda qanday himoyalanish choralari haqida gapirdi.

“Ushbu APK fayllar firibgarlar tomonidan turli jimjimador, insonlarni o‘ziga jalb qiladigan so‘zlar bilan bezatilgan: “Bu sening rasmingmi?”, “To‘yga taklifnoma” kabi. Agar fuqarolar birgina harakat bilan bu fayllarni ochib qo‘yishsa, firibgarlar ularning shaxsiy ma’lumotlari, telefondagi kontaktlar, xabarlar, foto-videolari, telefondagi turli dasturlariga kirish imkoniyatlariga ega bo‘lishadi.

Shuning uchun agar Telegram messenjerda oxirgi qismida APK so‘zi mavjud bo‘lgan ilovalar kelsa, birinchi navbatda ularni ochmaslik kerak, zudlik bilan o‘chirib yuborish kerak”.

Shuningdek, mutaxassis agar zararli fayllarni ochib qo‘yganda ko‘rilishi kerak bo‘lgan tezkor choralar haqida ma’lumot berdi:

“Buning oldini olish uchun telefonni internetdan uzish va telefonni “parvoz” rejimiga o‘tkazish kerak. Shuning keyin “ilovalar” bo‘limiga o‘tib sizga notanish bo‘lgan qanday ilovalar o‘rnatilganini tekshirish kerak. Agar yangi va notanish ilova o‘rnatilgan bo‘lsa, darhol o‘chiring. Yoki barcha kerakli ma’lumotlarni ma’lum joyda saqlab, telefonni dastlabki holatga qaytarish kerak.

Telefonga turli to‘lov xizmatlari ulangan bo‘lsa, sms-xizmatlarini o‘chirib qo‘yish lozim”.

Firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida Kiberxavfsizlik markazi @cybershielduz_bot botini ishga tushirdi. Bu botni guruhlar yoki kanallarga qo‘shib qo‘shish u yerdagi foydalanuvchilarni o‘sha guruh yoki kanallarga kelgan APK fayllardan himoya qiladi. Guruh yoki kanalga shunday zararli fayllar keladigan bo‘lsa, avtomatik ravishda tozalaydi.

Mavzuga oid