Xonanda Dilfuza Ismoilova 80 ming dollarga chuv tushdi
Firibgarlikda ayblanayotgan ayol avvaliga xonandaning “gap”iga qo‘shilgan. So‘ngra o‘zini sitrus mevalar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor sifatida ko‘rsatib, xonandaning 80 ming AQSh dollar mablag‘ini o‘zlashtirgani aytilmoqda.

Foto: Videodan kadr
Xonanda Dilfuza Ismoilova firibgarlik qurboni bo‘ldi, deb xabar bermoqda Hudud informatsion dasturi.
Unda aytilishicha qo‘shiqchi Dilfuza Ismoilova katta miqdordagi pulga chuv tushgan. Unga yetkazilgan moddiy zarar 80 ming AQSh dollarini tashkil etadi. Hozirda ushbu ish jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida ko‘rib chiqilmoqda. Sudlanuvchidan faqat Dilfuza Ismoilova emas, boshqa fuqarolar ham jabrlangan bo‘lishi mumkin.
Ish tafsilotlariga ko‘ra, sudlanuvchi avvaliga xonandaning “gap”iga qo‘shilgan. So‘ngra o‘zini sitrus mevalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor sifatida ko‘rsatib, uning ishonchiga kirgan. U chetdan kelayotgan sitrus mevalarning har bir yuk mashinasidan 25-30 ming foyda olayotganini aytgan. Bunga ishongan Dilfuza Ismoilova “Men ham biznes boshlamoqchi edim, yaxshi reja ekan, pul tikaman” degan. Ular foydani teng bo‘lishga kelishgan. Shu tariqa xonanda sudlanuvchining tuzog‘iga tushib qolgan.
Sudlanuvchi oldin ham Jinoyat kodeksining 168-moddasi, ya’ni firibgarlik jinoyati bo‘yicha sudlangan bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp: Rossiyada o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish uchun dedlayn bor
Jahon | 10:16
-
Qozog‘istonda mobil telefonlar uchun «qora ro‘yxat» joriy etiladi
Jahon | 10:11
-
O‘zbekiston va Malayziya mikroelektronika yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlaydi
O‘zbekiston | 09:42
-
YeI diplomatlari Rossiyani Ukrainada hech qanday sharsiz o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 09:38