Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Özbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat xizmati tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonni imzoladi.

Belgilanişiça:

  • davlat xizmatçisi öz faoliyatini davlat xizmatçilari lavozimlari reyestriga kiritilgan lavozimlarda amalga oşiradigan Özbekiston Respublikasi fuqarosidir;
  • çet davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar Özbekiston Respublikasi prezidentining alohida qarorlarida belgilangan tartibda davlat xizmatçilari lavozimlarini egallaşlari mumkin;
  • davlat xizmatçilari lavozimlari reyestriga kiritilgan lavozimlarni egallab turgan davlat xizmatçilarining faoliyati davlat xizmatiga oid qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi;
  • Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlarida harbiy xizmat va huquqni muhofaza qiliş organlarida xizmat qiliş davlat maxsus xizmati bölib, alohida qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. 

Quyidagilar davlat xizmatini yanada takomillaştiriş va isloh qilişning ustuvor yönalişlari deb hisoblanadi:

  • eng munosib va qobiliyatli şaxslarni ularning kasbiy fazilatlari va alohida xizmatlariga adolatli hamda obektiv baho beriş asosida davlat xizmatiga qabul qilişni nazarda tutadigan meritokratiya prinsipini qöllaş;
  • davlat xizmatida «mansab modeli»ni joriy etiş, bunda mansab darajalaridan bosqiçma-bosqiç ötiş, kadrlar malakasini muntazam oşirib boriş, şuningdek, davlat xizmatçilarining toifalari va ularga malaka darajalari beriş nazarda tutiladi;
  • davlat xizmatiga oçiq mustaqil tanlov asosida qabul qiliş, bu nomzodning barça ustunliklari va afzalliklarini, şu jumladan uning axloqiy va vatanparvarlik fazilatlarini xolisona baholaş imkonini beradi;
  • davlat organi va taşkilotining darajasi, xodimning malaka darajasi va şaxsiy hissasi asosida iş haqini aniqlaş uçun yagona talablarni belgilaşni nazarda tutuvçi davlat xizmatçilariga iş haqi tölaşning yagona tizimini joriy etiş;
  • milliy, respublika, soha va mintaqaviy darajada samarali hamda malakali kadrlar zaxirasini şakllantiriş, davlat xizmatiga eng malakali nomzodlarni tanlaş uçun xususiy bandlik agentliklarini faol jalb qiliş va autsorsingning zamonaviy şakllaridan foydalaniş;
  • davlat organlari va taşkilotlarida kadrlarni boşqariş va inson resurslarini rivojlantiriş sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş;
  • samarali ijtimoiy kafolatlar tizimini joriy etiş, şuningdek, davlat xizmatçilarining kasbiy mahoratini oşiriş va ularning faoliyati samaradorligini oşiriş uçun rağbatlantiriş.