Böka tumanida Xalq deputatlari tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida taşkiliy masala körildi. 

Tuman hokimi lavozimida işlab kelgan Baxtiyor Paxriddinoviç Begmatov lavozimidan ozod etildi.

Zoyir Mirzayev Böka tumani hokimi lavozimiga ayni paytda Parkent tumani hokimi vazifasida işlab kelgan Sardor Dadajonoviç Isoqulov nomzodini tavsiya qilgan.

Sardor Isoqulov tumanni kelgusida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş yuzasidan taqdimot qilgan. 

Deputatlar Sardor Isoqulovni tuman hokimi etib tasdiqlagan.

Ma’lumot uçun, Baxtiyor Begmatov 2024 yil yanvaridan buyon Böka tumaniga rahbarlik qilib kelayotgandi.

Sardor Isoqulov 2024 yil avgustida Parkent tumani hokimi lavozimida iş boşlagandi.

Şu kuni Parkent tumaniga ham Sardor Isoqulov örniga yangi hokim tayinlandi.

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tomonidan uşbu lavozim uçun körsatilgan nomzod Elmurod Pölatov deputatlar tomonidan ma’qullandi.

Pölatov şu kungaça Toşkent viloyati hokimligi quriliş, tösiqlarsiz muhit yaratiş, kommunikatsiyalar, kommunal xöjalik, ekologiya va kökalamzorlaştiriş masalalari böyiça kotibiyat mudiri lavozimida işlab kelayotgandi. 

Eslatib ötamiz, 19 noyabr kuni Kambağallikni qisqartiriş hamda aholi bandligini ta’minlaş böyiça olib borilgan işlar sarhisobiga bağişlangan yiğilişda prezident ayrim tuman hokimlari bandlik masalalarida jiddiy kamçiliklar va közböyamaçilikka yöl qöyayotganini körsatib ötgan, boş vazirga işga şunday yondaşgan 20 ta tuman hokimlariga nisbatan örnatilgan tartibda çora köriş topşirilgandi. Bunday tumanlar qatorida Parkent tumani ham bor edi.