Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
50, 100, 200, 500 so‘mlik banknotalar muomaladan chiqariladi
Foto: Kun.uz
Eski namunadagi 50 va 100 so‘mlik tangalarini, shuningdek 50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotalarini ayirboshlash hamda muomaladan qaytarib olish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bergan.
Nizomga asosan, muomaladagi 50 va 100 so‘mlik tangalar, shuningdek 50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotalar muomaladan qaytarib olinadi. Ularning o‘rniga esa, 2018 yil namunasidagi 50 so‘mlik, 100 so‘mlik, 200 so‘mlik va 500 so‘mlik tangalar muomalaga chiqariladi.
2011 yil namunasidagi qiymati 500 so‘m bo‘lgan tangalar muomalaga layoqatli.
Barcha tijorat banklari va ularning filiallari mijozlar, shu jumladan aholi tomonidan topshirilgan eski namunadagi tangalarni hamda eski namunadagi banknotlarni hech qanday moneliksiz, cheklovlarsiz qabul qilishlari va hech qanday to‘lov yoki vositachilik haqi undirmagan holda ularni ayirboshlab berishlari shartligi hamda mijozlar arizasiga asosan omonatga, bank plastik kartochka hisobvaraqlariga kirim qilish uchun qabul qilishlari mumkin ekanligi belgilandi.
Muomaladan qaytarib olinadigan eski namunadagi 50 va 100 so‘mlik tangalar hamda 50 va 100 so‘mlik eski namunadagi banknotalar uchun 2019 yil 1 iyulgacha, 200 va 500 so‘mlik eski namunadagi banknotalar uchun 2020 yil 1 iyulgacha bo‘lgan muddatlar belgilandi.
Mavzuga oid
21:30 / 29.12.2025
2025 yil o‘zbek so‘mi uchun qanday o‘tdi?
13:41 / 03.12.2025
Rossiya imperiyasi davriga oid oltin tangalarni sotishga urinish fosh etildi
20:14 / 13.11.2025
AQSh bir sentlik tangalarni zarb qilishni to‘xtatdi
23:02 / 24.09.2025