Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
6ta xususiy bandlik agentligining litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi
6 ta xususiy bandlik agentligining litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar bermoqda.
Foto: Shutterstock
Qayd etilishicha, vazirlikning 2021 yil 7 dekabrdagi tegishli qarorlari bilan quyidagi xususiy bandlik agentliklarining litsenziyalari 10 kun muddatga vaqtincha to‘xtatildi:
- «Mirai recruitment agency xususiy bandlik agentligi» MChJ;
- «Reiwa xususiy bandlik agentligi» MChJ;
- «Turon world cooperation xususiy bandlik agentligi» MChJ;
- «Priority international xususiy bandlik agentligi» MChJ;
- «Specialist group xususiy bandlik agentligi» MChJ;
- «Jyonan-staff Business xususiy bandlik agentligi» MChJ.
Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, ushbu xususiy bandlik agentliklari Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasida BHMning 8500 baravari miqdoridagi mablag‘larni zaxira sifatida to‘ldirmagan.
Mavzuga oid
18:43 / 09.12.2025
Har bir kambag‘al oila bo‘yicha individual reja ishlab chiqish taklif etildi
10:30 / 09.12.2025
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi o‘rnida Boshqaruv samaradorligi agentligi tuzildi
11:13 / 17.11.2025
YaTTlarning firma nomiga ega bo‘la bo‘lishiga ruxsat beriladi
19:45 / 07.11.2025