Prezident farmoni bilan, Özbekistonda biznes yuritişni soddalaştiriş çoralari belgilandi.
Hujjatga köra, 2026 yil 1 yanvardan boşlab:
- yakka tartibdagi tadbirkorlarga firma nomiga ega bölişga ruxsat beriladi;
- tadbirkorlarning birlamçi ma’lumotlari (masalan, manzil, pasport yoki boşqa identifikatsiya ma’lumotlari) özgarganda, uşbu ma’lumotlar böyiça özgartirişlar YaTT guvohnomasi, litsenziya, ruxsatnoma va xabarnomalarga avtomatik tarzda, bepul kiritiladi.
Şuningdek, 2026 yil 1 martdan e’tiboran:
- litsenziyalaş, ruxsat beriş va xabardor qiliş tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar uçun yuridik şaxslarga jarima qöllanilganda, ularning mansabdor şaxslarini alohida ma’muriy javobgarlikka tortiş tartibi bekor qilinadi;
- “Lisenziya” axborot tizimida litsenziya va ruxsat beriş xususiyatiga ega hujjatlarni olişda tadbirkorlar uçun ixtiyoriy dastlabki baholaş xizmati yölga qöyiladi. Bu xizmat orqali tadbirkor öz arizasi va hujjatlari litsenziya yoki ruxsat oliş talablariga qay darajada mos kelişini oldindan baholatişi mumkin böladi.
Farmon bilan 1 yanvardan e’tiboran “Biznesni 15 daqiqada boşlaş” tizimi işga tuşişi belgilandi. Bunda, biznes boşlaş niyatidagi şaxslar “yagona darça”ga murojaat qilganida ular 7 ta turdagi xizmatdan şu yerning özida foydalanişi mumkin böladi.












