O‘zbekistonliklar koronavirusni isitmasiz, faqat tomoq og‘rig‘i bilan o‘tkazib yuborishyaptimi? Bosh davlat sanitariya inspektori javob berdi
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning 60 foizdan ko‘prog‘ida kasallik alomatlarsiz, hech qanaqa klinik belgilarsiz kechyapti. Bu xaqda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov 13 iyul kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.
«Nafaqat tana haroratining ko‘tarilishi, tomoqda og‘riq, burunda qandaydir achishishning paydo bo‘lishi, nafas yetishmovchiligi, ba'zi holatlarda hid bilish, ta'm bilish funksiyalarining pasayishi, hatto ich ketish holatlarini ham koronavirus alomati bo‘lishi mumkinligini qayta-qayta aytyapmiz.
Lekin aniq bilamizki, kasallikka chalinganlarni ko‘pchiligi, ya'ni qariyb 60 foizdan ko‘prog‘i alomatlarsiz, hech qanaqa klinik belgilarsiz kechyapti. Demak, bir paytning o‘zida nafaqat tomoq og‘rig‘i yoki yo‘tal, balki biron bir klinik belgilarsiz ham kasallik kechishi mumkinligini yoddan chiqarmaslik kerak. Agar bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlar bo‘lsa, salomatliklarini xavf ostiga qo‘ymasdan zudlik bilan tekshiruvdan o‘tishlari, COVID-19 yuqqan-yuqmaganligini aniqlash uchun test topshirishi maqsadga muvofiq hisoblanadi», deya Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Bosh davlat sanitariya inspektorining aytishicha, odamda hid va ta'm bilish xususiyatlarining yo‘qolishi koronavirus kasalligiga shubha qilish uchun asos bo‘lishi mumkin.
«O‘zbekiston sharoitida respirator kasalliklar, o‘tkir respirator kasalliklarning bir necha turlari uchrab turadi. Gripp, para-gripp kasalligi, renavirus, riyavirus, shu jumladan, koronavirus ham respirator kasalliklar sirasiga kiradi.
Lekin bizdagi va dunyo hamjamiyatidagi kuzatuvlar shuni ko‘rsatmoqdaki, koronavirus kasalligida aynan o‘sha hid va ta'm bilish xususiyatlarining yo‘qolishi ko‘proq namoyon bo‘ladi. Demak, bu kabi belgilarni o‘tkir respirator kasalliklar fonida paydo bo‘lishi koronavirus kasalligiga shubha qilish uchun asos bo‘lishi mumkin»», deydi Nurmat Otabekov.
Mavzuga oid
18:52 / 19.09.2024
Koronavirusning yangi shtammi O‘zbekistonda aniqlanmadi - SSV
16:06 / 07.06.2024
"Saraton va boshqa jiddiy kasalliklar bog‘chadagi sifatsiz taomlanishdan kelib chiqmoqda" - mutaxassis bilan suhbat
14:59 / 05.06.2024
“Bolalarga chirigan kartoshka yedirishmoqda” – Nurmat Otabekov
18:11 / 13.12.2023