Skandinaviya davlatlari harbiy-transport yo‘lagini yaratadi
Norvegiya, Shvetsiya va Finlandiya mudofaa sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda. Budyodagi sammitda Skandinaviya shimolida shaxsiy tarkibni joylashtirish uchun koridor yaratishga qaror qilindi.
Norvegiya, Shvetsiya va Finlandiya harbiy ehtiyojlar uchun umumiy transport koridorini yaratadi. Bu Norvegiya portlaridan Shvetsiya va Finlandiyaga kerak bo‘lganda shaxsiy tarkibni tezroq o‘tkazish imkonini beradi, deya e’lon qildi Shimoliy Yevropaning uchta davlati 20 iyun, payshanba kuni Norvegiyaning Budyo shahrida bo‘lib o‘tgan mudofaa sammitida.
Yo‘lak Skandinaviya shimolidan o‘tadi
Bu qaror harbiy kuchlarni chegaradan o‘tkazishning potensial ehtiyojiga javobdir. Yo‘nalish uch davlatning shimoliy hududlari orqali o‘tadi.
Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styore matbuot anjumanida: «Endi biz hammamiz NATOdamiz, bir-birimizni himoya qilib, butunlay boshqacha tarzda hamkorlik qilishimiz mumkin», dedi. Uning so‘zlariga ko‘ra, avvalroq Shimoliy Yevropa davlatlari shaxsiy tarkib va harbiy texnika harakatini rejalashtirayotganda shimoldan janubga qarab yo‘nalishlarni belgilagan. «Endi biz ko‘proq sharqiy-g‘arbiy yo‘nalishga e’tibor qaratamiz», dedi Norvegiya hukumati rahbari.
Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumi boshlanganidan so‘ng, Finlandiya va Shvetsiya birgalikda NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza berishdi. Finlandiya 2023 yilda alyansning 31-a’zosi bo‘ldi, 2024 yilning mart oyida Shvetsiya Turkiya qarshiliklarini yengib o‘tib, a’zo davlatga aylandi.
Mavzuga oid
09:26 / 13.11.2024
Toshkentda yana 7 ta ko‘chada avtobus yo‘laklari joriy etiladi
22:24 / 05.07.2024
Skandinaviyaning eng yirik banki Rossiyaga tegishli 4 mlrd dollarni yuvib berganlikda ayblanmoqda
16:44 / 10.02.2024
Toshkent aeroportida yo‘lovchilar uchun alohida yo‘lak ajratildi
14:46 / 14.12.2023