Daniya, Norvegiya, Finlandiya, Şvetsiya va Islandiya Ukraina ittifoqçilarini Rossiyaning «noqonuniy va axloqsiz» uruşiga qarşi birlaşişga çaqirdi. «Rossiyaning davom etayotgan uruşi qarşisida biz Ukrainani uzoq muddatli siyosiy, moliyaviy, harbiy va diplomatik qöllab-quvvatlaş majburiyatini ikki barobar oşirişimiz kerak», — dedi Şimoliy Yevropa davlatlari rahbarlari çorşanba, 13 dekabr kuni Financial Times gazetasida çop etilgan qöşma maktubda.

Uni Finlandiya prezidenti Sauli Niinistyo, Daniya boş vaziri Mette Frederiksen, Norvegiya boş vaziri Yonas Gar Styore, Şvetsiya boş vaziri Ulf Kristersson va Islandiya boş vaziri Katrin Yakobsdottir imzoladi.

Ular hozir Ukraina, Yevropa va global xavfsizlik uçun «öta muhim palla», şuning uçun qöllab-quvvatlaşni susaytiriş «ixtiyoriy emas» deb ogohlantirdi. «Rossiya bölinişdan foydalanişga intiladi. Biz Rossiya uruşiga qarşi birlaşgan frontni körsatişda davom etişimiz kerak, - deyiladi hujjatda. - Aks holda, önlab yillar davomida dunyoda erkinlik va xavfsizlik kamroq böladi».

«Uruşda qurolsiz ğalaba qozonib bölmaydi»

Şimolning beşta davlati rahbarlari, öz navbatida, Ukrainaga har tomonlama yordam körsatişni davom ettirişga va’da berdi. «Ukraina özini Rossiyadan faqat söz bilan himoya qila olmaydi. Uruşni qurolsiz yutib bölmaydi», - deya ta’kidlagan maktub mualliflari.

«Ukraina öz hududini himoya qilişi va xalqaro miqyosda tan olingan çegaralari xavfsizligini ta’minlaş uçun biz, Skandinaviya mamlakatlari Ukrainaga har tomonlama yordam körsatişda davom etamiz, jumladan, iqtisodiy va harbiy, tinç aholiga ustuvor gumanitar va moliyaviy yordam körsatişda», deb yozadi ular.

Zelenskiy Osloga taşrif bilan keldi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 13 dekabr kuni ertalab kutilmagan taşrif bilan Norvegiya poytaxti Osloga keldi. «Ukraina-Şimoliy Yevropa» ikkinçi sammiti doirasida Norvegiya, Daniya, Islandiya, Finlandiya va Şvetsiya yetakçilari bilan muzokaralar ötkaziş rejalaştirilgan, deb xabar berdi Zelenskiy özining Telegram-kanalida. Uning sözlariga köra, taşrif dasturidan Norvegiya qiroli Xarald V oldida audiyensiya, Norvegiya parlamentiga taşrif, mahalliy siyosatçilar va tadbirkorlar bilan uçraşuvlar ham örin olgan.

Zelenskiy sönggi bor 2023 yilning may oyida Helsinki sammitida Skandinaviya davlatlari rahbarlari bilan uçraşgan edi. Finlandiya prezidenti devoniga köra, Oslodagi sammit uşbu formatning davomi hisoblanadi. Norvegiya matbuotiga köra, bu Ukraina prezidentining Norvegiyaga ilk taşrifidir.