Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Termizda Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazi filiali tashkil etiladi
Foto: rscu.uz
Surxondaryo viloyatida Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazining viloyat filiali tashkil qilinadi. Bu haqda «Kun.uz» saytiga Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu filial zamonaviy davolash-diagnostika asbob-uskunalar bilan jixozlangan 40 o‘rinli va 10ta «Sun'iy buyrak» apparati mavjud bo‘lgan gemodializ bo‘limiga ega bo‘ladi.
Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazi direktori Farhod Oqilovning ma'lumot berishicha, Surxondaryoda urologiya xizmati viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi urologiya va tuman tibbiyot birlashmalaridagi xirurgiya bo‘limlarida tashkil etilgan. Qayd etilgan tibbiyot maussasalarining moddiy-texnika bazasi past darajada bo‘lib, faoliyat ko‘rsatayotgan kadrlar malakasi zamonaviy talablarga javob bermaydi. Shu sababli 2016 yil Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazida davolangan 27000 nafardan ortiq bemorning 2711 nafari (10 foizdan ziyodi)ni Surxondaryo viloyatidan kelgan bemorlar tashkil etdi. Ularning aksariyati, kasallikning asoratlangan davrida murojaat qilgan.
«Hozirgi kunda viloyatda urologik va gemodializ yordami sifatini oshirish, undan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, urologik yordamning barcha bosqichlarida faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish, shuningdek, asoratlangan urologik kasalliklar tufayli yuzaga kelgan buyrak yetishmovchiligining oldini olish va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirish maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazining Surxondaryo viloyat filialini tashkil qilish rejalashtirilmoqda», deyilgan xabarda.
Shu bilan birga, yuqori malakali mahalliy kadrlar maktabi yaratilishi hisobiga, aholiga ixtisoslashtirilgan yordam ko‘rsatish, urologik kasalliklarni erta bosqichda aniqlash imkoni paydo bo‘ladi.
Mavzuga oid
17:36 / 02.12.2025
Termiz – Hayraton ko‘prigi orqali fuqarolar harakati tiklandi
11:52 / 21.09.2025
Qumga ko‘milgan murda – Termizdagi mudhish qotillik tafsiloti
12:43 / 19.09.2025
Termizda maktab o‘qituvchilari konsertga bilet olishga majburlanayotgani aytilmoqda
11:22 / 14.07.2025