Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasi o‘z ishini boshladi
Foto: Dailytimes.com.pk
2016 yil 12 oktabrda O‘zbekiston poytaxtida XII Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasi boshlandi.
Ushbu savdo ko‘rgazmasi «O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasi, «O‘zbekengilsanoat» AJ, O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tovar-xom ashyo birjasi, «Sifat» markazi va boshqa idoralar tomonidan tashkil etilgan.
Mazkur xalqaro savdo yarmarkasi «O‘zekspomarkaz» ko‘rgazmalar zalida bo‘lib o‘tmoqda.
Uning doirasida, jahon paxta va to‘qimachilik bozorining yetakchi vakillari bilan tashkil etiladigan konferensiyalar va uchrashuvlarda O‘zbekiston va dunyoda paxta yetishtirish, savdo va investitsiya hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama etiladi hamda qator kelishuvlar imzolanadi.
XII Xalqaro o‘zbek paxta yarmarkasida ishtirok etayotgan mahalliy yengil sanoat korxonalari, to‘qimachilik, kalava-ip va tayyor mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha xorijiy hamkorlar bilan foydali bitimlar imzolashi kutilayapti. Bundan tashqari, ular jahonning yetakchi ekspertlari bilan fikr almashib, sarmoyalar va zamonaviy yangi texnologiyalarini O‘zbekistonga jalb qilish borasida muzokaralar olib borishadi.
Mavzuga oid
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
17:29 / 02.05.2026
O‘zbekiston tashqi qarzi 2025 yilda 18 mlrd dollarga oshdi. Bu rekord ko‘rsatkich
11:48 / 16.04.2026
O‘zbekistonda aholi soni bo‘yicha yangi ma’lumot e’lon qilindi
09:56 / 16.04.2026